Olimlar aniqlashicha, muntazam kitob o‘qish umrni uzaytiradi va miya qarishini sekinlashtiradi.

50 yoshdan oshgan 3635 nafar inson 12 yil davomida kuzatilgan. Natijada, kitob o‘qiydiganlar o‘rtacha 23 oy ko‘proq yashashi ma’lum bo‘lgan.

📌 O‘qish stressni kamaytiradi, asab tizimini tinchlantiradi.
📌 Miya sekin qariydi, demensiya xavfi kamayadi.
📌 Kuniga kamida 20 daqiqa mazmunli o‘qish tavsiya etiladi (qog‘oz, elektron yoki audiokitob).

📚 Kitob o‘qish — vaqt sarfi emas, o‘zingizga kiritilgan investitsiya.
Bugun nima o‘qisangiz, ertangi ongingiz shunga mos shakllanadi.

Tafakkur qiling!