Respublikamiz bo‘ylab barcha tuman (shahar)larda maktab oʻquvchilari oʻrtasida Xalqaro ingliz tili olimpiadasiga saralashning birinchi bosqichi davom etmoqda. (https://t.me/Fan_olimpiadalari_M/8488)

➖ Unda 2 yosh toifasi — 1-4-sinf va 5-11-sinf o‘quvchilari o‘zaro kuch sinashmoqda.

Kichik yosh toifasidagi jamoalar loyiha taqdimotlari, katta yosh toifasidagi o‘quvchilar esa test sinovlarida ishtirok etishadi.

🔰 Ma‘lumot o‘rnida: jarayonlar 4 bosqichda tashkil etilgan. Respublika bosqichida yosh toifalari bo‘yicha g‘olib, deb topilgan jamoalar Xalqaro ingliz tili olimpiadasida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.

Manba: https://t.me/uzedu/40034